05:58 / 13.09.2015
4438

5-qavatdan qizlarini tashlab yuborgan qozog‘istonlik ayol hibsga olindi

O‘zining ikki nafar balog‘atga yetmagan qizlarini 5-qavatdagi uyi balkonidan tashlab yuborgan olma-otalik 33 yoshli Jadiru Kokenay hibsga olindi, deb ma'lum qilmoqda Olma-ota sudi matbuot xizmati boshlig‘i Quvondiq Eshmat.

Ayolga “Qotillik”, “Jinoyatga tayyorgarlik ko‘rish va jinoyatni amalga oshirish” moddalari bo‘yicha ayblov qo‘yildi.

Jinoiy ish materiallariga ko‘ra, Kokenay 5 sentabrda o‘z uyida o‘zining norasida farzandlari – 2007 yilda tug‘ilgan Kokenay A. va 2014 yilda tug‘ilgan Kokenay X. ni ataylab o‘ldirish maqsadida 5-qavatdan tashlab yuborgan va o‘zi ham ularning ketidan pastga sakragan.

Natijada 8 yoshli Kokenay A. olingan jarohatlardan voqea joyida halok bo‘lgan, 1,56 yashar Kokenay X. va jinoyatchi Kokenay J. ko‘plab tan jarohatlari bilan Olma-ota shahri shifoxonasiga olib ketilgan.

12 sentabr kuni Olma-Ota shahri Bo‘stonliq tumani 2-sonli sudi tomonidan shifoxonaga safar uyushtirilib, qotilga nisbatan ikki oy davomida hibsda ushlab turilishi qarori chiqarildi va eshittirildi.

Ushbu fojiaga izoh bergan mutaxassis ayolning ruhiy kasallikdan aziyat chekkan bo‘lishi mumkinligini taxmin qildi.

Hozirda o‘z farzandining qotili xushiga keldi va qilib qo‘ygan ishi haqida hech narsani eslay olmayapti.

Ma'lum bo‘lishicha, ayol Ostona milliy oliy ta'lim muassasasida kafedra dotsenti bo‘lib ishlagan, turmush o‘rtog‘i esa masjidda ishlagan.

Top