08:02 / 13.09.2015
2626

AQSh va Xitoy vakillari kiberxavfsizlik masalalarini muhokama qilishdi

Vashingtonda AQSh va Xitoy vakillari kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha uchrashuv o‘tkazishdi. Bu haqda Reuters axborot agentligi Oq uyga iqtibos keltirgan holda xabar berdi.
Xitoy tomonidan Xitoy Kommunistik partiyasi markaziy siyosiy-yuridik komissiyasi kotibi Men Tszyanchju ishtirok etdi. Tszyanchju Vashingtonga Xitoy raisi Si Tszinpin tashrifi oldidan keldi.
Tszyanchju AQSh ichki xavfsizlik vaziri Jyey Jonson, FQB direktori Jyeyms Komi va boshqa mansabdor shaxslar bilan uchrashdi.
“Men Tszyanchju, shuningdek, AQSh prezidentining milliy xavfsizlik bo‘yicha maslahatchisi Syuzan Rays bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida tomonlar kiberxavfsizlik masalalari bo‘yicha fikr almashishdi”, deb aytilmoqda Oq uy bayonotida.

Top