18:50 / 13.09.2015
3458

Myunxenda muhojirlar oqimi ortishi natijasida tanglik holati yuzaga kelishi mumkin

Germaniyaning Myunxen shahri muhojirlar oqimining haddan tashqari ortishi tufayli "holdan toyishi" mumkin. Bu haqda Bild nashrida yozilgan.

Mahalliy politsiyaning ma'lumotiga ko‘ra, oxirgi kun ichida shaharga 12,2 ming nafar atrofida muhojir kirib kelgan va bu oqimning oxiri ko‘rinmayapti.

Qayd etilishicha, shaharda qochqinlarni joylashtirishda muammolar yuzaga kelmoqda. Shahar hokimiyati joy yetishmovchiligi tufayli Olimpiya xiyobonidagi sport majmualarini muhojirlar uchun moslashtirishga kirishgan.

Ayni vaqtda Myunxendagi poyezd bekatlarida politsiya xodimlari va ko‘ngillilar navbatchilik qilishmoqda. Poyezd bekatlarida qochqinlar uchun maxsus joylar va tibbiy yordam ko‘rsatiladigan nuqtalar o‘rni haqida ma'lumotlar berilmoqda.

Biroz oldinroq, germaniyalik yevrokomissar Gyunter Ettinger mavjud vaziyatdan kelib chiqqan holda mamlakat konstitutsiyasiga o‘zgartirishlar kiritishni taklif qilgandi.

Top