16:55 / 13.09.2015
2370

O‘zbekiston delegatsiyasi YeXHTning giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha konferensiyasida ishtirok etdi

2015 yilning 11-12 sentabr kunlarida Vena shahriga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi narkotik moddalarni nazorat qilish milliy axborot-tahlil markazi hamda "Kamolot" yoshlar ijtimoiy harakati vakillaridan iborat O‘zbekiston delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Bu delegatsiya Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkiloti tomonidan giyohvandlikka qarshi "Yoshlar o‘rtasida giyohvandlikning oldini olish" mavzusida o‘tkaziladigan har yilgi konferensiyaning navbatdagi yig‘ilishida ishtirok etdi.

Ushbu konferensiyada YeXHT a'zolari bo‘lgan 57 davlat va boshqa xalqaro tashkilotlardan vakillar qatnashishdi. Marosim ishtirokchilari yosh avlod o‘rtasida giyohvandlik balosi tarqalishining olish masalalarini muhokama etishdi.

Ushbu konferensiyada ishtirok etgan O‘zbekiston vakillari giyohvandlikka qarshi kurash masalasidagi o‘z tajribalari bilan marosim ishtirokchilarini tanishtirishdi.

Top