20:05 / 13.09.2015
3621

Qarshida avtomobillar texnik ko‘rigi hujjatlarini soxtalashtirish bilan shug‘ullanib kelgan firibgar qo‘lga olindi

Qarshida avtomobillar texnik ko‘rigi hujjatlarini soxtalashtirish bilan shug‘ullanib kelgan firibgar qo‘lga olindi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, T. Inatov ko‘p yildan buyon tegishli tashkilotlaridagi tanishlari yordamida hujjatlarni soxtalashtirib kelgan. Jumladan, u Ubaydulla Abdullayevning Damas mashinasiga 10 ming so‘m evaziga mana shunday hujjatlarni to‘g‘irlab bergan. Shu yo‘l bilan u yana bir qancha odamning “hojatini” chiqargan. Bu ishlarda unga amaldor Turg‘unbek Pirov yordam berib kelgan.

Aslida esa bu mashinalar texnik talablarga javob bermasdi. Ulardan biri haqiqiy ko‘rikdan o‘tkazilganda aldov fosh bo‘ldi.

T. Inatovga bu ishlarda yordam bergan amaldor Turg‘unbek Pirov 10 yilga ozodlikdan mahrum qilingan.

Top