23:34 / 13.09.2015
3295

Rossiya Mudofaa vazirligi samolyotlari Suriyaga 80 tonna gumanitar yordam yetkazdi

Rossiya Mudofaa vazirligining ikkita An-124 “Ruslan” samolyoti yordamida Suriyaga Rossiyadan gumanitar yuk yetkazildi. Bu haqda vazirlik vakili general-mayor Igor Konashenkov ma'lum qildi.

“Samolyotlar 5 ming kilometr qo‘nishsiz uchib o‘tib, 80 tonna birinchi navbatdagi buyumlar, oziq-ovqat, matraslar, adyollar, karavotlar, chodirlarni isitish uchun pechkalar, taom tayyorlash uchun oshxonalar, choyshablar, suv yetkazish uchun sisternalar va chodirli lagerni o‘rnatish uchun zarur bo‘lgan turli qurilmalarni yetkazdi”, deb aytmoqda Konashenkov.

Konashenkovning aytishicha, aerodromda yukni Latakiya viloyati gubernatori Ibrohim Xuduras-Salim va mahalliy aholi kutib oldi. “Barcha yuk Suriya tomoniga chodirli lagerni yoyish va unda janglar tufayli boshpanasiz qolgan minglab suriyaliklarni joylashtirish uchun topshirildi”, deb qo‘shimcha qilib o‘tdi Konashenkov.

12 sentabrda ham Rossiya Mudofaa vazirligi Latakiya aerodromiga gumanitar yuk yetkazgani ma'lum qilingan edi. 

Top