00:13 / 13.09.2015
3758

Tojikiston tog‘larida yana 4 nafar terrorchi qo‘lga olindi

Tojikiston huquq-tartibot muassasalari Romit darasida olib borilayotgan maxsus operatsiya davomida yana 4 nafar jangarini qo‘lga oldi, deb xabar bermoqda Tojikiston Ichki ishlar vazirligiga iqtibos keltirgan holda TASS axborot agentligi. 

Vazirlikning ma'lumotlariga ko‘ra, terrorchilar yonidan katta miqdorda o‘q-dori topilgan.
Ma'lumotlarga ko‘ra, operatsiya joyida vertolyot aviatsiyasi ishlashda davom etmoqda. Terrorchilar joylashgan hudud qurshab olingan, barcha yo‘nalishlar bo‘yicha qochib ketish yo‘llari kesib qo‘yilgan.

Qayd etilishicha, operatsiya boshlangandan keyin guruhning 110 a'zosi qo‘lga olindi, 22 jangari yo‘q qilindi.

Top