21:33 / 14.09.2015
11353

Mulla Umarning o‘g‘li otasining o‘limi qanday sabablar bilan ro‘y berganini ma'lum qildi

“Tolibon” harakatining sobiq boshlig‘i Mulla Umar o‘z ajali sabab ko‘ra vafot etgan, deb xorijiy OAVlar mullaning katta o‘g‘liga iqtibos keltirgan holda xabar bermoqda

“Sizni ishontirib ayta olamanki, otam tabiiy sabablar tufayli vafot etdi. U sog‘lig‘i yomonlashib, tez orada vafot etdi. Shifokorlar otamda S gepatiti borligini aniqlashgan”, deb aytdi Mulla Umarning o‘g‘li Muhammad Yoqub internetda tarqatilgan audioyozuvda.

Mullaning o‘g‘li uning otasi o‘z vorisini tayinlashga ulgurmaganini qo‘shimcha qilgan.

2015 yil iyulda afg‘on toliblari Mulla Umarning vafotini rasman tasdiqladi, biroq u aynan qachon vafot etganiga aniqlik kiritilmagan. Afg‘oniston rasmiylari u ikki yil avval vafot etgan bo‘lishi mumkinligini taxmin qilgan.

Ba'zi ma'lumotlarga ko‘ra, Mulla Umar 1960 yilda tug‘ilgan. U “Tolibon”ni 1996 yildan boshqara boshlagan.

“Tolibon”ning yangi rahbari etib Axtor Mansur saylangan.

Top