00:55 / 14.09.2015
3070

BMT: Liviya bo‘yicha muzokaralarda kelishuvga erishildi

BMTning Liviyadagi inqirozni tartibga solish bo‘yicha maxsus vakilining ma'lum qilishicha, Marokashda bo‘lib o‘tgan muzokaralarda mamlakatdagi ikkita dushman hukumat vakillari siyosiy kelishuvning asosiy pozitsiyalari bo‘yicha kelishuvga erishdilar.   

Tafsilotlar keltirilmagan, biroq reja ikkala parlament tomonidan ma'qullanishi kerak.

BMT vakili siyosiy kelishuv keyingi haftadayoq imzolanishi mumkinligiga umid bildirdi.

Biroq ma'lumotlarga ko‘ra, Marokashdagi muzokaralarda Liviyadagi nufuzli qurollangan guruhlar ishtirok etmagan, ularning ma'qullovisiz esa istalgan kelishuvlarni hayotga tatbiq qilish qiyin bo‘ladi.  

Top