17:05 / 14.09.2015
2448

Dvorkovich malaka oshirish uchun tunlarini internetda o‘tkazmoqda

Rossiya bosh vaziri o‘rinbosari Arkadiy Dvorkovich o‘z malakasini oshirish uchun tunlari bilan internetda o‘tirishga majbur bo‘layotganini tan oldi, negaki, aytilishicha, boshqa vaqtda bu ishga bir daqiqa ham ajrata olmaydi.

“Albatta, kun tartibim shunday ekanligiga qaramay, o‘qishda, malakamni oshirishda davom etishim kerak. Asosiysi to‘g‘ri axborotni topa olish va uni o‘rganishdir. Bunga faqat tunda vaqt ajrata olaman, boshqa payt ishlayman”, - uning so‘zlarini keltiradi RIA Novosti.

Dvorkovichning fikricha, ko‘plab odamlar aynan ishga ko‘milib qolgani bois ta'limga vaqt ajrata olmaydi.

Top