16:44 / 14.09.2015
2779

Emirates parvoz davomiyligi bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatmoqchi

Emirates aviakompaniyasi uzluksiz uchish davomiyligi bo‘yicha yangi rekord o‘rnatishga hozirlik ko‘rmoqda. KAYAK kompaniyasi matbuot xizmatining ma'lum qilishicha, Dubay va Panama o‘rtasida reys parvozi 17 soat 35 daqiqa davom etadi.

Reys 2016 yilning 1 fevralida amalga oshiriladi.

Ilgarigi rekord Qantas Airlines kompaniyasiga tegishli – o‘shanda Dallas va Sidney o‘rtasidagi parvoz 16 soat 50 daqiqa davom etgan edi.

“Bugun dunyodagi eng davomiy parvozni Qantas Sidneydan Dallasgacha, eng uzun reysni esa Air France "Parij — Santyago-de-Chili" yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirmoqda, sarflanadigan vaqt — 14 soat 40 daqiqa. Santyagogacha bo‘lgan reys ham Iberia kompaniyasining Madriddan yo‘lga chiqqan yo‘lovchilari uchun eng uzun bo‘ladi. Parvoz 13 soat 30 daqiqa vaqt oladi, bu Parij reysiga nisbatan 1 soatga kamroqdir ", — deyiladi onlayn qidiruv tizimi xabarnomasida.

Ekspertlarning ma'lum qilishicha, Alitalia kompaniyasi ham italiyalik sayyohlar uchnu eng uzoq davom etadigan parvozlardan birini amalga oshiradi: uning laynerlarlari Rimdan Buenos-Ayresga 13 soat 55 daqiqada boradi, bu esa Lufthansa’ning Frankfurtdan Buenos-Ayresga boradigan reysidan 5 daqiqaga kamrodir. British Airways kompaniyasi reyslari ham Argentina poytaxtiga 13 soat 45 daqiqa uchadi.

Top