16:36 / 14.09.2015
2391

Emomali Rahmon: Tojikiston-Qozog‘iston munosabatlarining yangi sahifasi ochilmoqda

Tojikiston prezidenti Emomali Rahmonning ta'kidlashicha, Tojikiston-Qozog‘iston munosabatlarining yangi sahifasi ochilmoqda. Bu haqda u Dushanbeda o‘tkazilgan ikki tomonlama muzokaralar yakunlariga ko‘ra xabar qildi.

Rahmon, shuningdek, muzokaralarning dastlabki natijalaridan ma'lum ekanligini ta'kidladi.
Nazarboyev Dushanbega KXShT yig‘ilishida ishtirok etish uchun tashrif buyurdi. Tashrif doirasida ikki davlat rahbarining uchrashuvi o‘tkazildi.

Eslatib o‘tamiz, bugun ikki davlat o‘rtasida strategik hamkorlik to‘g‘risidagi shartnoma imzolandi.

Top