07:06 / 14.09.2015
4179

Gretsiya qirg‘oqlari yaqinida 30 dan ziyod qochqin qayiqning cho‘kishi oqibatida halok bo‘ldi

Egey dengizida Gretsiyaning Farmakonisi oroli yaqinida qochqinlar ketayotgan qayiqning falokatga uchrashi oqibatida kamida 34 kishi halok bo‘ldi, deb xabar bermoqda Arab News nashri.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, qayiq yomon ob-havo sharoiti va bortida haddan ziyod ko‘p odam bo‘lgani tufayli to‘ntarilib ketgan. Hanuzgacha qayiqda qancha odam bo‘lgani haqida aniq ma'lumotlar yo‘q, shuning uchun qutqaruv-qidiruv operatsiyasi davom etmoqda.

Hozirda qutqaruvchilar 34 kishi, jumladan 15 nafar bola, xususan 4 nafar go‘dakning jasadlarini topganlar.

68 kishining hayoti saqlab qolingan, yana 29 kishi o‘zi mustaqil ravishda qirg‘oqqa chiqib olishga muvaffaq bo‘lgan.

Top