12:35 / 14.09.2015
2825

Ikki xitoylik ayol Rossiyaga 30 kilogramm sintetik giyohvand modda olib kirayotganda qo‘lga olindi

Xitoyning ikki fuqarosi Rossiya chegarasida mamlakatga 30 kg sintetik giyohvand moddasini olib kirayotganda qo‘lga olindi, deya xabar bermoqda RIA “Novosti” Ussuriya bojxonasi xabariga asoslangan holda.

“Ussuriya bojxonasining “Poltavka” bojxona postida XXRdan Rossiyaga o‘tayotgan Xitoyning ikki fuqarosida 30 xaltada sun'iy asosga ega gihyovand moddalar mavjud ekani aniqlandi. Olib qo‘yilgan mahsulotning umumiy vazni taxminan 30 kg ni tashkil etadi”, – deyiladi xabarda.

Ma'lum qilinishicha, giyohvand moddalar ko‘k va sari rangdagi kristall ko‘rinishida bo‘lgan. Mazkur holat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Top