06:09 / 14.09.2015
2611

Kishinyovda namoyish o‘tkazayotganlar butun Moldova bo‘ylab namoyishlar o‘tkazishni rejalashtirmoqdalar

Kishinyovda ommaviy norozilik namoyishlari ishtirokchilari Moldovaning har bir tumanida namoyishlar o‘tkazishni rejalashtirish niyatidalar, deb aytdi 13 dekabr kuni namoyishlar tashkilotchilaridan biri, birinchi Moldova parlamentining sobiq deputati Valentin Dolganyuk.  

“Agar hukumat bizni bu yerda, mamlakatning markaziy maydonida eshitmasa, biz shunday qilamizki, namoyishlar alangasi butun mamlakatni qamrab oladi. Rahbarlarning oyog‘i tagidagi yer yona boshlaydi, ular xalqning g‘azabini keltirish nimaligini his qiladilar. Hozircha ular o‘zlarining issiq xonalarida o‘tiribdilar, biroq yaqinda qochishga tushadilar, chunki hech kim bilan hech qayerga borib uchrasha olmaydilar”, deb aytmoqda Dolganyuk.  

Dolganyuk namoyishdan keyin “Interfaks” axborot agentligi muxbiri bilan suhbatda Buyuk milliy yig‘ilish kengashi a'zolari muddatdan avvalgi parlament saylovlarida ishtirok etish uchun ijtimoiy-siyosiy harakatni yaratishga tayyorgarlik ko‘rishni boshlashlarini tasdiqladi.

“Biz muddatdan avvalgi saylovlarni talab qilmoqdamiz va unga albatta erishamiz. Shuning uchun biz saylovlarga tayyor bo‘lishimiz kerak. Bu “DA” fuqarolik platformasi tarqatib yuboriladi deganini anglatmaydi. U hukumat tepasida kim, muholifatda kim bo‘lishidan qat'iy nazar fuqarolik jamiyati hukumatga bosim o‘tkazishi va uni nazorat qilishi uchun kelgusida ham mavjud bo‘ladi”, deb ta'kidlamoqda Dolganyuk. 

Top