09:12 / 14.09.2015
2231

Kolumbiya hukumati Venesuela samolyotlarining mamlakat chegaralarini buzib o‘tganini ma'lum qildi

Venesuela harbiy havo kuchlarining ikki samolyoti Kolumbiya havo kengliklarida paydo bo‘ldi, deya xabar bermoqda BBC News Kolumbiya hukumati bayonotiga asoslangan holda.

Kolumbiya Mudofaa vazirligi ma'lumotlariga ko‘ra, samolyotlarning bostirib kirishi shanba, 12 sentabr kuni ikki marotaba ro‘y bergan. Ular dastlab Alta Guaxira hududidagi harbiy baza ustidan uchib o‘tib, Venesuela havo kengliklariga qaytib o‘tishgan. So‘ngra ular yana chegaralarni buzib o‘tib, La Flor hududidagi harbiy baza ustidan uchib o‘tishgan.

Hukumat ma'lumotlariga ko‘ra, samolyotlar mamlakat hududining 2,9 kilometrigacha bo‘lgan ichkarisiga uchib kirishgan.
Shu munosabat bilan Kolumbiya tomoni Venesueladan izoh berishni talab qildi.

Top