08:47 / 14.09.2015
2126

Martina Xingis va Soniya Mirza juftligi US Open turnirida g‘olib bo‘ldi

Shveytsariyalik Martina Xingis hamda hindistonlik Soniya Mirza “Katta Dubulg‘a” turkumiga kiruvchi AQSh Ochiq chempionatining juftliklar musobaqasi g‘olibasiga aylanishdi.

Bu juftlik finalda avstraliyalik Keysi Delakuva va qozog‘istonlik Yaroslava Shvedova juftligini 6/3, 6/3 hisoblari bilan mag‘lub etishdi.

1 soatu 9 daqiqa davom etgan bahsda g‘alaba qozongan Martina va Soniya shu tariqa hamkorlikdagi ikkinchi titullarini qo‘lga kiritishdi.

Eslatib o‘tamiz, ushbu juftlik shu yilning yozida “Uimbldon” musobaqasida ham bosh mukofotga ega chiqishgandi.

Nyu-Yorkdagi g‘alaba tennischilarga 570 ming dollar mukofot puli hamda 2000 reyting ochkosini taqdim etdi.

Qayd etish kerakki, bu g‘alaba orqali Xingis mavsumda beshinchi marta "Katta Dubulg‘a" turkumidagi bosh mukofotni qo‘lga kiritdi.

"Uimbldon"dagi g‘alabadan tashqari shveysariyalik tennischi joriy yil davomida mikst bahslaridagi hindistonlik sherigi Payes bilan hamkorlikda Australian Open, «Uimbldon» va US Open turnirlarida zafar quchgandi.

Top