09:00 / 14.09.2015
4011

Medvedev 50 yoshda

Dmitriy Medvedev o‘z siyosiy faoliyatini Sankt-Peterburgda boshlagan. 16 yildan buyon u Moskvada ishlab kelmoqda. U Rossiyaning uchinchi prezidenti hisoblanadi.

Shu bilan birgalikda, Medvedev jahondagi eng yosh prezident va eng yosh bosh vazirlardan biridir.
Ma'lum bo‘lishicha, Rossiya hukumati rahbari yubileyini ish o‘rnida nishonlaydi.
“Bu oddiy dushanba, oddiy ish kuni bo‘ladi. Kunning birinchi yarmida bosh vazir bir qancha xalqaro telefon qo‘ng‘iroqlarini amalga oshiradi”, - dedi uning matbuot kotibi Natalya Timakova.

Top