21:12 / 14.09.2015
3338

O‘zbekistonlik chegarachilar qirg‘izistonlik otboqarlarga qochib ketgan otlarini qaytarishdi

Qirg‘izistonning Oqsuv tumani Qo‘sh-Dobo aholi punkti aholisi otlarni o‘tlatayotganda 15 otni ko‘zdan qochirishi oqibatida ular O‘zbekiston hududida o‘tib ketdi. Biroq “qochoq” otlar o‘z egalariga qaytarildi

2015 yilning 3 sentabrida ot egalari “Qo‘sh-Dobo” chegara zastavasining Ola-Bo‘ka chegara otryadi harbiy xizmatchilariga otlarning qaytarilishida ko‘mak berishlarini so‘rab murojaat qilgan.

Ushbu holat yuzasidan O‘zbekiston va Qirg‘iziston chegarachilari uchrashuvi tashkil etildi. O‘zbekiston chegarachilari barcha 15 otni Qirg‘iziston tomonga qaytarib berdi. Uchrashuv natijalariga ko‘ra qaytarilgan chorva o‘z egalariga qaytarildi, deb xabar bermoqda Qirg‘iziston davlat chegara xizmatining jamoatchilik va OAVlar bilan aloqalar bo‘limi.

Top