23:26 / 14.09.2015
2970

Rim papasi “IShID” jangarilarining Yevropaga qochqinlar ko‘rinishida kirib olish ehtimoli mavjudligini aytmoqda

Rim papasi Frantsisk “IShID” terrorchilik guruhi jangarilari qochqinlar ko‘rinishida Yevropa hududiga, jumladan Rimga kirib olishlari mumkinligini aytmoqda. U bu haqda Radio Renascenca’ga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

“Bugun xavfsizlik shartlari o‘zgardi, chunki Sitsiliyadan 400 kilometr uzoqlikda eng shafqatsiz terrorchilik guruhi bor. Bundan tashqari, uning Yevropaga kirib olish ehtimoli mavjud va bu bor haqiqat”, deb aytdi pontifik.

Rim papasi Rim bunday tajovuzdan “himoyalanmagani”, biroq “xavfsizlik choralarini ko‘rishi mumkinligini” qo‘shimcha qilib o‘tdi.

Top