14:11 / 14.09.2015
4939

Rossiya markaziy banki IIV shtati qisqarishi munosabati bilan zaxiralarga zarar yetishi mumkinligini aytdi

Rossiyaning bir qator federal strukturalari IIVga murojaat qilib, 1 noyabr kuni ularning obektlarini himoya qilish tartibining bekor qilinishi haqidagi qarorni orqaga surishni iltimos qildi.

Ular teraktlar uyushtirilishi va oltin-valyuta zaxiralarining o‘g‘irlanishidan qo‘rqmoqda. Bu haqda “Kommersant'” nashri yozmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 1 noyabrdan mamlakat ichki ishlar strukturasida o‘zgarishlar bo‘lib, shtat qisqarishi munosabati bilan ayrim obektlarni politsiya qo‘riqlashi to‘xtatilish xabar qilingan edi.

Bunday obektlarga markaziy bankka tegishli binolar, strukturalar ham kiradi. Bank rasmiylari politsiya yordamisiz zaxiralarga jiddiy zarar keltirilishidan xavotirda.

Top