18:49 / 14.09.2015
6019

Toshkent shahri aholisi uchun sovuq suv xizmatining yangi tariflari 8 foizga qimmatlashdi

Toshkent shahrida 1 oktabrdan sovuq suv ta'minoti xizmati uchun yangilangan tariflar joriy etiladi. «Gazeta.uz» nashrining «Suvsoz» korxonasiga asoslanib xabar berishicha, yangi tariflar bo‘yicha qaror Toshkent shahri hokimligining moliya boshqarmasida 11 sentabr kuni qabul qilingan.

Ma'lum qilinishicha, keyingi oydan boshlab ko‘p qavatli turar-joy binolarida 1 metr kub suv uchun joriy 342 so‘mdan 370 so‘mga oshiriladi (8,1 foizga). Hisoblagichsiz uylarda esa bir kishi uchun bir oyga joriy 4185,64 so‘mdan 4516,88 so‘mga oshiriladi (7,9 foizga).

Xususiy sektordagi uylarning egalari uchun hisoblagich bo‘yicha 1 metr kub suv narxi, kanalizatsiya bo‘lgan taqdirda, 265 so‘m (hozirda – 246 so‘m, +7,7 foiz), kanalizatsiya bo‘lmasa – 160 so‘m (hozirda – 150 so‘m, +6,6 foiz) etib belgilangan.

Hisoblagich bo‘lmagan taqdirda, tarif miqdori bir kishi uchun bir oyga 4082,07 so‘m (3798,1 so‘m, +7,4 foiz), kanalizatsiyasi bo‘lmagan uylarda – bir kishi uchun 357,7 so‘mga teng (hozirda 335,43 so‘m, +6,6 foiz).

Eslatib o‘tamiz, Toshkent shahrida 1 oktabrdan issiq suv ta'minoti va isitish tizimi xizmati tariflari ham qimmatlashishi haqida xabar berilgandi.

Top