17:36 / 14.09.2015
5967

UzReport TV YeChLning ilk turida "Real" va "Barselona" ishtirokidagi o‘yinlarni jonli ravishda translyatsiya qiladi

UzReport TV 15-16 sentabr kunlarida YeChLning "Real" hamda "Barselona" jamoalari ishtirokidagi o‘yinlarni jonli ravishda efirga uzatadi. Bu haqda UzReport TV kanalining Facebook’dagi sahifasi orqali e'lon qilindi

Ma'lum bo‘lishicha, ertaga, 15 sentabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 23:45da UzReport TV telekanali YeChLning "A" guruhidan joy olgan "Real" hamda "Shaxtyor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuvni to‘g‘ridan-to‘g‘ri namoyish etadi.

16 sentabr oqshomida esa muxlislar ushbu telekanal orqali "Ye" guruhi vakillari bo‘lmish "Barselona" va "Roma" jamoalari o‘yinini jonli efirda kuzatishlari mumkin bo‘ladi.

Bundan oldinroq, UzReport TV telekanali UYeFA Chempionlar Ligasi o‘yinlarini O‘zbekiston hududida translyatsiya qilish huquqini sotib olgani haqida xabar berilgandi.

Top