00:33 / 14.09.2015
4335

Yaponiya Oliy sudi plagiat uchun Apple’ni 2,7 mln dollarga jarimaga tortdi

Yaponiya Oliy sudi Apple kompaniyasini patent qonunchiligini buzgan deb topib,  2,7 mln dollar jarimaga tortdi. Bu haqda Kyodo agentligi ma'lum qildi.

Sud hukmiga ko‘ra, Apple kompaniyasi iPod qurilmasini yaratayotgan paytda noqouniy ravishda 57 yoshli yapon ixtirochisi Norixiko Saitoning Click Wheel boshqarish sensor g‘ildiragining dizaynidan foydalangan.

Muhandis taqdim qilgan hujjatlarga ko‘ra, u bu texnologiya uchun 1998 yilda patent olgan. Saito tavon pulini 83,5 mln dollargacha ko‘tarishni talab qilgan edi, biroq sud bu talabni qondirmadi.

Apple bu plagiatda Yaponiyaning intellekual mulk sudi tomonidan aybdor deb topilgan edi. Bundan keyin kompaniya appelyatsiya bergan hamda oldinroq ro‘yxatdan o‘tkazgan patentlari borligini ta'kidlagan. Biroq oliy sud buni tasdiqlovchi dalil topa olmagan. 

Top