11:31 / 15.09.2015
2017

«Arsenal» yanvarda Riyod Maxrezni xarid qilmoqchi

"Arsenal" klubi bosh murabbiyi Arsen Venger "Lester" jamoasi hujumchisi Riyod Maxrezni xarid qilib, hujum chizig‘ini kuchaytirishni rejalashtirdi.

Xabar qilinishicha, 24 yoshli ushbu jazoirlik futbolchi qishki transfer mavsumidayoq "Arsenal" safiga kelib qo‘shilishi mumkin.

APLning dastlabki besh turida hujumchi to‘rtta gol hamda ikkita golli uzatmaga mualliflik qilib grand jamoalarning e'tiborini o‘ziga qaratdi.

Aytish joizki, "Arsenal" yozgi transferlar vaqtida darvozabon Petr Chexdan boshqa futbolchini xarid qilmagan va muxlislar noroziligiga sabab bo‘ldi.

Ma'lumot uchun, ushbu futbolchiga Ispaniyaning "Barselona" klubi tomonidan qiziqish mavjudligi xabar qilingan.

Top