12:25 / 15.09.2015
3139

Audi Frankfurtga Tesla Model X raqobatchisini olib keldi

Audi kompaniyasi Frankfurtdagi motorshou ochilishidan bir necha soat oldin e-tron quattro nomli elektrik krossover taqdimotini o‘tkazdi. U Q6 modelining prototipi bo‘lib, u esa, o‘z navbatida, Tesla Model X’ning raqobatchisi hisoblanadi.

Besh eshikli yangi krossover gabarit uzunligi 4.88 m ni, kengaligi 1.93 m ni, balandligi 1.54 m ni tashkil qiladi. Aerodinamik qarshilik koeffitsiyenti 0.25ni tashkil qiladi, bu, kompaniya vakillarining fikricha, yo‘ltanlamaslar segmentidagi eng yaxshi natijalardan biridir.
Kontsept-kar 3 elektromotor bilan ta'minlangan. Ularning umumiy quvvati 435 ot kuchiga tengdir. Shu bilan birga, keskin tezlashish jarayonida bu ko‘rsatkich qisqa muddatga 503 ot kuchigacha ko‘tarilishi mumkin.

95 kVt/soat hajmga ega batareyalar krossoverga bir quvvatlantirishda 500 km yo‘l bosish imkonini beradi. Quvvatlantirish esa 50 daqiqa vaqt oladi. Bundan tashqari, mashina tomiga quyosh panellari o‘rnatilgan.

Top