17:15 / 15.09.2015
6494

Bugatti poyga simulyatoridagi virtual mashinani haqqoniy giperkarga aylantirdi

Bugatti kompaniyasi Gran Turismo 6 poyga simulyatori uchun ishlab chiqarilgan Vision Gran Turismo`ning haqqoniy prototipini ishlab chiqdi. Avtomobil maketi “Prem'yeralar kechasi” deb nomlanayotgan Frankfurtdagi avtosalon ochilishida namoyish etildi.

Marka mualliflarining so‘zlariga ko‘ra, avtomobil dizayni Bugatti`ning kelgusidagi giperkarlari qanday qiyofa kasb etishini tasavvur qilishga imkon beradi.
Brendning navbatdagi yangiligi Veyron davomchisi— Chiron bo‘ladi. Unga quvvati 1500 ot kuchiga ega 8 litrli, 4 turbina va ikki ulovchi mexanizm o‘rnatilgan yetti bosqichli “robot” W16 gibrid dvigatel o‘rnatiladi.

Ushbu avtomobil 100 km/soat tezlikka bor-yo‘g‘i 2,3 soniyada chiqadi. Uning maksimal tezligi soatiga 440 kilometrni tashkil etadi. Chiron spidometri esa soatiga 500 kilometrgacha tezlikni ko‘rsatishga mo‘ljallangan.

Chiron`ning 500 donasi ishlab chiqarilishi mo‘ljallangan. Giperkarning dastlabki bahosi 2,2 million yevrodan boshlanadi.

Top