08:39 / 15.09.2015
3027

YeI davlatlari 120 ming qochqinni taqsimlash bo‘yicha kelishuvga erishdi

Lyuksemburg hukumatining ma'lum qilishicha, YeI davlatlari 120 ming qochqinni o‘zaro taqsimlab olish borasida kelishuvga erishgan. Bu haqda Reuters agentligi xabar bermoqda.

Shuningdek, ichki ishlar vazirlarining uchrashuvi chog‘ida Gretsiya va Italiyada turgan 40 ming qochqinning taqdiri hal qilingani aytilmoqda.
Shu bilan birga, yig‘ilish chog‘ida ayrim davlatlar vakillari kvota tizimiga keskin qarshi chiqqani ma'lum qilindi. Shunga qaramay, kelishuvga erishilgan, ammo uning tafsilotlari hozircha oshkor qilinmayapti.

Top