07:20 / 15.09.2015
3062

Iordaniya qiroli: Quddusdagi masjiddagi fitna Isroil bilan aloqalarga ta'sir qiladi

Iordaniya qiroli Abdulloh II Isroil nomiga jiddiy ogohlantirish bildirdi. Oman televideniyesining efirga uzatishicha, qirol Isroil politsiyasining Quddusdagi Al-Aqso masjidiga bostirib kirishini fitna deb baholadi

“Iordaniyada javob choralarini ko‘rishdan boshqa imkon qolmayapti”, deb aytdi Abdulloh II. Uning aytishicha, “Quddusdagi istalgan ig‘vo ikki tomonlama munosabatlarga rahna soladi”.

Qirol bu haqda Omanga qisqa tashrif bilan kelgan Buyuk Britaniya bosh vaziri Devid Kemeron bilan uchrashuvi paytida aytib o‘tdi.

13 sentabrda Iordaniya hukumati Isroil politsiyasining arab yoshlariga qarshi Muqaddas tog‘da amalga oshirgan ogohlantiruvchi operatsiyasini “mavjud holatni o‘zgartirishga urinish” deb baholagan edi.

2011 yilda Iordaniya “Isroil tomonidan al-Aqso masjidiga nisbatan yo‘l qo‘yib bo‘lmaydigan tajovvuzlarga norozilik sifatida” Isroildagi elchisini chaqirtirib olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, 13 sentabr kuni Quddus shahridagi Al-Aqso masjidida falastinliklar va Isroil politsiyasi o‘rtasida to‘qnashuv sodir bo‘ldi.

Top