08:44 / 15.09.2015
4521

KUN.UZ dayjesti: 14 sentabrda keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 14 sentabr kuni keng muhokamaga sabab bo‘lgan xabarlarni takroran havola etamiz.

Ruslan Chagayev Rossiya fuqaroligini olish niyatida emasligini ma'lum qildi>>

WBA (Regular) yo‘nalishida jahon chempioni bo‘lmish o‘zbekistonlik Ruslan Chagayev Rossiya fuqaroligini olish niyatida emas. 

NATO bosh kotibi: Rossiya bizga do‘st ham, dushman ham emas>>

NATO bosh kotibi Yyens Stoltenberg Rossiya alyans tarkibiga kiruvchi davlatlarga tahdid solmasligini, ularning xavfsizligi kafolatlanganligini ta'kidlab o‘tdi.

Yolg‘iz nafaqaxo‘rga qanday dorilar bepul beriladi?

Sog‘liqni saqlash vazirligi va moliya vazirligining qo‘shma qarori bilan ambulatoriyada davolanishda imtiyozli ta'minlash uchun mo‘ljallangan dori vositalari ro‘yxati belgilangan. Ushbu ro‘yxat asosida nafaqa yoshidagi insonlarga ayrim turdagi dori vositalari bepul beriladi. 

O‘zbekistonliklar tuxum mahsulotlari narxlari oshganiga izoh so‘rashmoqda>>

O‘zbekiston aholisi do‘konlar va bozorlarda tuxum mahsulotlari narxi birdaniga oshib ketgani sababini bila olishmayapti. Oxirgi 2 oy ichida bu mahsulot narxi 400 so‘mdan 600 so‘mgacha ko‘tarilgan. 

Misrlik politsiyachilar xatolik tufayli meksikalik sayyohlar guruhini o‘qqa tutdi>>

Oxirgi ma'lumotlarga ko‘ra, bu xato tufayli guruhdagi 12 kishi halok bo‘lgan. Marhumlar orasida mahalliy yo‘lboshlovchilar (gid) ham bor. 

Poroshenko: Saakashvilidan ajoyib bosh vazir chiqadi>>

Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko jurnalistlarning Odessa hokimi Mixeil Saakashvili bosh vazirlikka tayinlanishi mumkinligi haqidagi savoliga javob berdi.

Daily Mail: "Chelsi" futbolchilari Yeva Karneyroning jamoadan ketgani uchun Mourinodan norozi bo‘lishmoqda>>

"Chelsi" klubi futbolchilari va xodimlari shifokor Yeva Karneyroni ishdan chetlatgani uchun bosh murabbiy Joze Mourinodan norozi bo‘lishmoqda.

Nazarboyevning qizi bosh vazir o‘rinbosari etib tayinlanganiga izoh berildi>>

Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyevning matbuot kotibi Davron Abayev prezidentning qizi, jamoat arbobi Darig‘a Nazarboyevaning bosh vazir o‘rinbosari lavozimiga tayinlanishiga izoh berdi.

Turkiyada Erdo‘g‘anning "tobut bilan selfisi"ni tarqatgan jurnal muharriri hibsga olindi>>

Turkiyadagi Nokta jurnali o‘zining navbatdagi soni muqovasiga mamlakat prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni haqortlovchi suratni joylashtirganidan keyin taqiqlab qo‘yildi.

AQSh Suriyada Rossiya tanklari borligini aytmoqda

Agentlik ma'lumotlariga ko‘ra, Latakiya aerodromi yaqinida Rossiya artilleriyasi va yettita T-90 tanki joylashgan.

Bloomberg: Rossiya Bashar Asadning hokimiyatdan chetlatilishi bo‘yicha muzokaralarda qatnashmoqda>>

Bloomberg axborot agentligida yozilishicha, bir necha oydan buyon Bashar Asadni Suriya rahbarligidan olib tashlash masalasi muhokama qilinmoqda va bu jarayonda Rossiya ham ishtirok etmoqda.

Suvda “qirol”likni saqlab turgan eng kuchli 7 harbiy-dengiz kemasi>>

Flot – har bir mamlakatning iftixori hamda uning xavfsizligini ta'minlovchi kafolatdir.

Rim papasi “IShID” jangarilarining Yevropaga qochqinlar ko‘rinishida kirib olish ehtimoli mavjudligini aytmoqda>>

Rim papasi Frantsisk “IShID” terrorchilik guruhi jangarilari qochqinlar ko‘rinishida Yevropa hududiga, jumladan Rimga kirib olishlari mumkinligini aytmoqda.

Top