20:22 / 15.09.2015
3111

«Nasaf» O‘zbekiston kubogining finaliga chiqdi

«Lokomotiv» hamda «Nasaf» klublari o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi yarim final bosqichining javob uchrashuvidan o‘rin olgan bahs o‘z nihoyasiga yetdi. Unda 1:0 hisobi qayd etilib, toshkentliklarning g‘alabasi bilan yakunlandi.

Marat Bikmayev tomonidan ikkinchi bo‘limning 48-daqiqasida kiritlgan yagona gol, yakunda Vadim Abramov shogirdlariga g‘alabani taqdim etdi.

Biroq, dastlabki o‘yinda «Nasaf» futbolchilari «Loko»ni 2:0 hisobida mag‘lubiyatga uchratganlari sababli, aynan ikki o‘yin natijasiga ko‘ra aynan qarshiliklar keyingi bosqichga yo‘l olishdi.

O‘zbekiston kubogi. Yarim final
Javob uchrashuvi

“Lokomotiv” (Toshkent) – “Nasaf” (Qarshi) 1:0
Gol: 1:0 – 48 Marat Bikmayev,
“Lokomotiv”: 12.Ma'mur Ikromov, 20.Islom To‘xtaxo‘jayev, 31.Nemanya Yanichich, 17.Salim Mustafoyev, 18.Timur Kapadze (s), 22.Sanjar Shoahmedov, 16.Jasur Hasanov (kichik), 28.Ikrom Aliboyev, 9.Dilshod Rahmatullayev, 8.Sardor Mirzayev, 10.Marat Bikmayev.
“Nasaf”: 25.Eldorbek Suyunov, 4.Maqsud Karimov, 9.Ilhom Shomurodov, 17.Artur Gevorkyan(s), 22.Shohruh Gadoyev, 20.Erkin Boydullayev, 23.Sherzod A'zamov, 28.Shuhrat Muhammadiyev, 33.Odil Hamrobekov, 34.Farruh Sayfiyev, 41.Azamat Allaniyozov.

Dastlabki uchrashuv: 0:2

Manba: www.uff.uz

Top