21:48 / 15.09.2015
11806

Nazarbekov yosh xonandalarni yarashtirib qo‘ydi

O‘zbekistonlik xonandalar Sardor Rahimxon va Ulug‘bek Rahmatullayevlar ilgari yaqin do‘st hisoblanib, ko‘pdan beri ularning aloqalari sovuqlashib qolgan edi. Darakchi gazetasida tarqatilgan xabarlarga ko‘ra, ular orasidagi munosabat bir qadar iliqlashgan va bunga xonanda Ozodbek Nazarbekov hissa qo‘shgan.

Bunday mish-mishlarning tarqalishiga sabab bo‘lgan narsa Sardor Rahimxonning ijtimoiy tarmoqlardan biridagi o‘z sahifasida Ulug‘bek Rahmatullayevning konserti afishasini joylashtirganidir. Ilgarilari urushib qolgan do‘stlar bunday ish tutishmasdi. Bundan tashqari, Rahimxon do‘stiga ushbu konsertni muvaffaqiyatli o‘tkazib olishni tilagan.

Top