21:43 / 15.09.2015
3842

Olma-ota viloyatida tug‘ruqxona hamshirasi o‘zbekistonlik ayolning bolasini 3 ming dollarga sotib yubordi

Olma-ota viloyati ko‘p tarmoqli klinik shifoxonasining tug‘ruqxonasida Olma-ota shahrining Avezov tumani prokuraturasi tomonidan yangi tug‘ilgan chaqaloqni sotish holati aniqlandi. Bolani shu yerda ishlovchi hamshira sotib yuborgan, deb xabar bermoqda Olma-ota prokuraturasi matbuot kotibi Murod Kenjaqulovga iqtibos keltirgan holda holda Today.kz sayti. 

Bola onasiga qaytarildi. Uning onasi O‘zbekiston fuqarosi bo‘lib chiqdi. Boshqa tafsilotlar keltirilmagan.

Ushbu holat yuzasidan Qozog‘iston Jinoyat kodeksining “Balog‘atga yetmaganlar bilan savdo qilish” moddasi bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi.

Ayni paytda Olma-ota ichki ishlar departamenti ushbu shifoxonaning qolgan xodimlarining shunga o‘xshash jinoyatlarni amalga oshirganlikka aloqadorliklari tekshirilmoqda.

Top