15:22 / 15.09.2015
12901

Frankfurt-2015 motorshousidan reportaj

15 sentabr kuni Germaniyaning Frankfurt shahrida an'anaviy 66-avtosalon ochildi. Motorshou Frankfurt va Parij shaharlarida navbatma-navbat toq yillarda o‘tkaziladi. 2013 yilgi ko‘rgazmada 159 xalqaro premera o‘tkazilib, tomoshabinlar soni 881 ming kishidan oshgan edi.
Quyida motorshouning eng muhim yangiliklarini berib boramiz.

***
Assalomu Alaykum! Frankfurt avtosaloni ochildi. Yaqin ikki kun davomida ushbu lentada tadbirning eng muhim yangiliklari, eng diqqatga sazovor namoyish va taqdimotlari joylashtirib boriladi. Motorshouda o‘nlab yangi modellar va kontsept-karlar taqdim etiladi.

***

Range Rover pikapini ko‘rganmisiz? Yo‘qmi? U holda ko‘ring.

***

Frankfurtga faqatgina avtomobilsozlar emas, tyuning-atelelar ham tashrif buyurdi. Masalan, Mansory kompaniyasidan Lamborghini Huracan keltirildi.

***

Porsche 911ning yangi modellari, endi ularning asosiy variantlari ham turbomotor bilan ta'minlanadi.

***

Land Rover va Jaguar avtosalonga olib kelgan yangi avtomobillar Jyeyms Bond haqidagi yangi filmda ishtirok emtqoda. Suratda C-X75 superkari, superagentning asosiy dushmani shu mashinada yuradi.

***

"Sitroyen"ning puflab shishiriluvchi karkas va ochiladigan yumshoq tomga ega kontsepti. Kompaniya rasmiylari darhaqiqat firmaning imijini yanada quvnoq qiladigan model ustida bosh qotirmoqda. Suratlar / batafsil.

***

Toyota RAV4 gibridi formulada ko‘rsatilganidek texnologiyalarga ega. Krossover ham kinetik, ham issiqlik energiyasi rekuperatsiyasi tizimiga ega. Suratlar va batafsil ma'lumot.

***

Buyuk Britaniyaning Rolls-Royce avtomobilsozlik kompaniyasi yangi ultralyuks sinfidagi Rolls-Royce Dawn kabrioletini namoyish qildi. Suratlar va batafsil ma'lumot.

***

BMW 7 ni kalit yordamida masofadan turib parkovka qilish mumkin bo‘ldi

BMW kompaniyasi Frankfurtda bo‘lib o‘tayotgan avtosalonda 7-seriyasining flagman modelini namoyish qildi. BMW’da ta'kidlanganidek, avtomobil o‘zida “konsernning haydovchiga yordam beruvchi intellektual tizimlarining eng oxirgi innovatsiyalarini” mujassamlashtirgan. Batafsil.

***

Frankfurt avtosalonida britaniyaliklar barchaning yuzida kulgu uyg‘otishdi. Land Rover kompaniyasi taqdimotga ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan Land Rover Defender rusumli avtomobilining o‘yinchoq ko‘rinishida ishlangan nusxasini olib keldi. Lekin bu "o‘yinchoq"ning narxi 15 ming dollar.

***

Tayvanliklar Frankfurt avtosalonidagi eng noodatiy ko‘rinishdagi avtomobilni taqdim etishdi. Thunder Power kompaniyasi tomonidan ishlangan elektrokar bir marta quvvatlanish orqali 650 km masofani uzluksiz bosib o‘tishi mumkin. "Tesla"ning asosiy raqobatchisi bo‘lishi kutilayotgan bu model 2017 yildan boshlab Yevropa bozoriga kirib kelishi mumkin. Batafsil.

***

Porsche tomonidan taqdim etilgan 4 o‘rinli elektrosuperkarni raqobatchilar katta xavotir bilan qarshi olishdi.
Mission E nomini olgan modelning ko‘rinishi o‘ta maftunkor bo‘lib, u bir marta quvvatlantirilganda 500 km masofa bosishi mumkin.

***

Yaponiyaning Suzuki kompaniyasi bugungi marosimga 2ta yangi mahsuloti bilan tashrif buyurdi.
Birinchisi - S indeksli "quvvatlangan" Vitara versiyasi, ikkinchisi esa Yevropa yo‘llari uchun mo‘ljallangan ixcham Baleno xetchbeki.

***

510 ot kuchiga ega Alfa Romeo Giulia avtomobili Nyurburgringda BMW M5 tomonidan o‘rnatilgan rekordni yangiladi:

***

Nissan Frankfurt taqdimoti uchun "Datsun" poyga avtomobillari elementlarini o‘zida mujassamlashtirgan Gripz modelini tayyorladi. Suratlar va batafsil ma'lumot.

***

"Mersedes"ning barcha yangi modellari bitta fotosuratda: Smart kabriki, S-Class ochiq modeli, "quvvatlangan" C-Class kupesi;

***

Frankfurt avtosalonida britaniyaliklar barchaning yuzida kulgu uyg‘otishdi. Land Rover kompaniyasi taqdimotga ishlab chiqarilishi to‘xtatilgan Land Rover Defender rusumli avtomobilining o‘yinchoq ko‘rinishida ishlangan nusxasini olib keldi. Lekin bu "o‘yinchoq"ning narxi 15 ming dollar.

 

***

Bugungi taqdimotlarda Ford ham o‘zining yangi global modelini namoyish qildi. Kompaniya Ford Edge rusumli yangi modelni butun Yevropa bo‘ylab sotuvga chiqaradi.

***

Frankfurtda yangi Kia Sportage namoyish etildi. Ushbu krossover avvalgilaridan yirikroq va 1,6 litrli motorga ega, atmosferali va turbirlangan benzinli dvigatel bilan ta'minlangan.

***

Nyundai kompaniyasidan ikkita yangilik: Birinchisi 2016 yilgi WRC rallisida ishtirok etishi uchun mo‘ljallangan i20 modeli, ikkinchisi Gran Turismo 6 rusumli superkar.

***

BMW kompaniyasi esa M6 GT3 kupesining poyga versiyasini olib keldi. Suratlar va batafsil ma'lumot.

***

Yangi avlod Audi S4 A sedani va universaliga ham navbat keldi. 354 ot kuchi, sakkiz bosqichli avtomat o‘tkazmalar qutisi, 100 km gacha 4.7 sekund. Hamma narsa unda mujassam!

***

Toyota Nissan Juke raqobatchisini yaratishga jiddiy kirishgan ko‘rinadi. U CH-R prototipini namoyish qildi. FOTO / Batafsil.

***

Hyundai kompaniyasi Frankfurtga Vision G prototipini olib kelibdi. Kontsept-karning birinchi namoyishi avgustda Los-Anjyelesdagi san'at muzeyida bo‘lib o‘tgan edi. Suratlar va batafsil ma'lumot.

***

Mazda kompaniyasining Frankfurtdagi yangiligi - Koeru kontseptual krossoveri. Taxmin qilinishicha, uning seriyali versiyasi CX-4 nomini olishi mumkin.

***

BMW rahbari Harald Kryuger Frankfurtdagi avtosalon ochilishida hushdan ketib yiqildi

Germaniyaning Frankfurt shahridagi xalqaro avtosalon ochilishiga bag‘ishlangan marosimda BMW kompaniyasi rahbari Harald Kryuger hushdan ketib yiqildi. Shu munosabat bilan BMW yangi modellarining namoyishi qoldirildi... batafsil.

***

Endi navbat Mercedes-Benz’ga. Kompaniya o‘z uyida o‘tayotgan motorshouga Intelligent Aerodynamic Automobile prototipi bilan keldi. Kompaniya o‘z kontsept-karini kamtarona "aerodinamika bo‘yicha jahon chempioni" deb atamoqda, negaki avtomobilning yuzma-yuz qarshiligi koeffitsiyenti bor-yo‘g‘i 0.19ni tashkil qiladi.

***

Volkswagen premeralariga yakun yasar ekanmiz, Bugatti Vision Gran Turismo kontsept-karini tilga olmay iloj yo‘q. Mashina Gran Turismo 6 kompyuter o‘yini uchun yaratilgan, ammo Frankfurtda uning real prototipi ko‘rsatildi. Suratlar va batafsil ma'lumot.

***

Lamborghini motorshouga Huracan – Spyder superkarining ochiq versiyasini tayyorlab keldi. Model 610 kuchli V10 benzinov dvigateliga va yig‘iladigan yumshoq tomga ega bo‘ldi. Uning tomi 17 sekundda yig‘iladi. Suratlar va batafsil ma'lumot.

***

Audi kompaniyasi ham Frankfurtga elektrokar bilan keldi. Uning prototipi e-tron quattro deb ataladi va Tesla Model X bilan raqobatlashadigan elektromobilning birlamchi varianti hisoblanadi. To‘rt dvigateldan iborat kuch qurilmasining umumiy quvvati 435 ot kuchini tashkil qiladi. Batafsil...

***

Porsche kompaniyasi Frankfurtga Mission E nomli to‘rt o‘rinli elektrokar prototipi bilan tashrif buyurdi. Kontseptning ikkita elektrik dvigateli bo‘lib, ularning umumiy quvvati 600 ot kuchiga teng. Porsche prototipi o‘rnidan qo‘zg‘alganida 3.5 sekundda 100 km/soat tezlikka erishadi.

***

Shuningdek, Frankfurtda ikkinchi avlod Volkswagen Tiguan’ning debyuti bo‘lib o‘tdi. Modelning hajmi biroz oshdi, ammo vazni yengillashdi. Golf va Passat bilan bir platformada qurilgan Tiguan Yevropada 2016 yil bahorida sotuvga chiqariladi.

***

Bentley kompaniyasining Bentayga nomini olgan birinchi seriyali yo‘ltanlamasini olaylik. Model Ispaniyaning Gran-Kanariya orolidagi qoyalar nomiga qo‘yilgan. U 608 ot kuchiga ega tvin-turbo W12 dvigateli bilan ta'minlangan. Mashina 4.1 sekundda 100 km/soat tezlikka erishadi.
Bentley yo‘ltanlamasining barcha fotosuratlarini shu yerda ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.
Bentayga’ning ko‘rinishi quyidagicha:

***

Volkswagen konserni ham raqiblaridan ortda qolmaslikka intilmoqda. Germaniyaning yetakchi avtomobilsoz kompaniyasi an'anaviy tarzda o‘zi tomonidan ishlab chiqarilgan yangi modellari taqdimotini motorshou ochilishidan bir kun oldin o‘tkazib oldi. Tomosha qilishga arziydigan modellar ham ko‘p bo‘ldi.

***
Jaguar F-Pace eng diqqatga sazovor premeralardan biri bo‘ldi. U haqda batafsil ma'lumotni ushbu havola orqali o‘qishingiz mumkin.

Krossover aylana tasma bo‘ylab harakat qilganini ko‘rganmisiz? Bu ajoyibotni quyida ko‘rishingiz mumkin bo‘ladi.

Top