19:38 / 15.09.2015
2626

O‘zbekiston kurash terma jamoasi Tayvandagi Osiyo chempionatida qatnashmoqda

IKA taqvim rejasiga asosan joriy yilning 13-16 sentabr kunlari Tayvanning Taoyuan shahrida yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida navbatdagi Osiyo chempionati bahslari boshlandi. Bu haqda IKA matbuot xizmati xabar bergan.

Mazkur chempionatda Osiyo qit'asining 20ga yaqin davlatidan kelgan 200dan oshiq yosh polvonlar 15 vazn toifasida g‘oliblik uchun gilamga chiqishadi.

Turnir tashkiliy qo‘mitasidan berilgan ma'lumotlarga ko‘ra chempionatni yuqori saviyada o‘tkazish uchun Tayvan sport vazirligi, Milliy Olimpiya qo‘mitasi, Tayvan Kurash Federatsiyalari tomonidan barcha ishlar amalga oshirilgan.

Chempionatning ochilish marosimi katta bayram tarzida bo‘lib o‘tdi. Unda mamlakat hukumati vakillari, Kurash Xalqaro Assotsiatsiyasi rahbariyati so‘zga chiqishib ishtirokchilarga omad tilashdi.

Musobaqalar mezbonlarning markaziy teleradiokanallari orqali va Youtube videoserverida ham jonli efirda to‘g‘ridan to‘g‘ri translatsiya qilinmoqda.

Bugun o‘smir o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasidagi bahslar o‘z yakuniga yetdi. Unda Tayvan, O‘zbekiston, Hindiston, Vetnam kabi davlatlarning polvonlari medallar jamg‘arish bo‘yicha peshqadamlik qilishmoqda.

Qit'a birinchiligiga O‘zbekiston sharafani Murod Do‘simbetov rahbarligida terma jamoaning 17 nafar yigit va qizlaridan iborat yosh kurashchilari himoya qilishmoqda.

Osiyo chempionati ertaga o‘z yakuniga yetadi.

Top