11:12 / 15.09.2015
3152

O‘zbekiston oltingugurti ilk bor Eron orqali Pokistonga tranzit qilindi

O‘zbekiston oltingugurti ilk bor Eron orqali Pokistonga tranzit qilindi. Bu haqda Eron temir yo‘llari kompaniyasi savdo va marketing departamenti direktori Murtazo Ali Ahmadiy bayonot berdi.

Aytilishicha, ushbu mahsulot 11 vagondan iborat poyezd bilan o‘z manziliga yetkazilgan. Bir hafta muqaddam u bojxona jarayonlaridan o‘tib, Saraxsdan Zohidon temir yo‘li stansiyasiga bordi. U orqali yuk Pokistonning Lahor shahriga yetkazildi, deb xabar beradi Iran.ru.

Murtazo Ali Ahmadiyning ma'lum qilishicha, Saraxs-Zohidon-Lahor temir yo‘l yo‘nalishini rivojlantirish, unga bo‘lgan talabni oshirish maqsadida tariflarda sezilarli darajada chegirmalar qilish ko‘zda tutilgan. Bu chegirmalar miqdori 35 foizga qadar boradi.

Top