14:31 / 15.09.2015
1917

O‘zbekiston TIAISVda Eron delegatsiyasi bilan uchrashuv o‘tkazildi

14 sentabr kuni O‘zbekiston respublikasi tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Eron Islom respublikasining O‘zbekistondagi favqulodda va muxtor elchisi Ali Mardoniy Fard bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar tarqatgan.

Uchrashuv chog‘ida savdo, transport va tranzit sohasidagi hamkorlik masalalari muhokama qilindi va kelgusidagi rejalar ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, tomonlar shu yilning 4 iyunida o‘tkazilgan O‘zbekiston–Eron hukumatlararo komissiyasining navbatdagi 11-majlisida amalga oshirilgan kelishuvlarning hayotga tatbiqi va qo‘lga kiritilgan natijalar bilan tanishishdi.

Top