18:08 / 15.09.2015
4624

Patrushev: AQSh Ukraina xalqlarini urushtirib, mamlakatni parchalamoqchi

Rossiya Xavfsizli kengashi kotibi Nikolay Patrushevning so‘zlariga qaraganda, AQShning asl maqsadi Ukrainadagi xalqlarni urushtirish va shu yo‘l bilan mamlakatni parchalashdir.

“Vashington siyosatining maqsadi rus va ukrain xalqlarining birligini buzish, Ukrainada istiqomat qilayotgan xalqlarni urushtirish, u yerdagi etnik ozchiliklar – ruslar, ruminlar, vengrlar, polyaklar va boshqalarga qarshi millatchilik kayfiyatlarini alangalatish va shu yo‘l bilan Ukrainani bir qancha bo‘laklarga bo‘lib tashlashdir”, - uning so‘zlarini keltiradi TASS agentligi.

“AQSh davlatlarni parchalash borasida kattagina tajribaga ega, - so‘zida davom etdi siyosatchi. – Buning yaqqol misoli Yugoslaviyadir. Bir vaqtlar qudratli ko‘p millatli davlat bugun ko‘plab mayda davlatlarga bo‘lib tashlandi, ularning hech biri mustaqil ravishda tashqi siyosat yurita olmaydi”.

Top