19:18 / 15.09.2015
9094

Ruslan Chagayev: Ramzon Qodirov bilan uchrashishimdan oldin boksni tark etish fikrida yurgandim

WBA yo‘nalishi superog‘ir vazn toifasida muntazam chempionlik unvoniga ega o‘zbekistonlik bokschi Ruslan Chagayev Checheniston rahbari Ramzan Qodirov bilan uchrashishdan oldin o‘z faoliyatini yakunlamoqchi bo‘lgani haqida aytdi.

Eslatib o‘tamiz, 2014 yilning yozida 1 yillik tanaffusdan keyin ringga qaytgandi. U qaytishini Grozniy shahrida o‘z chempionlik unvonini himoya qilish uchun Puerto-Riko vakili Fres Okendoga qarshi ringga chiqish va g‘alaba qozonish bilan nishonlagandi.

Men qo‘llarimni tushirib, taslim bo‘layotganimda "Terek boks ivent" kompaniyasi yordam qo‘llarini cho‘zdi. Boksda shunday shaxslar bo‘ladiki, ularning turtkisi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Men uchun Ramzon Qodirov shunday odam bo‘ldi. U bilan ilk uchrashuvimizga qadar men o‘zimni bokschi sifatida hisoblamay qo‘ygandim. Ammo u menga boksni tark etishga ulgurishimni aytib, oldinda meni g‘alabalar kutayotganiga ishontirdi. Uning daldasi menga yordam berdi va men undan minnatdorman", deydi bokschi.

Ma'lumot uchun, 36 yoshli ushbu sportchi havaskorlar o‘rtasida 2 marta jahon chempioni va 2 marta Osiyo chempioni bo‘lgan. U professional boksga kirib kelganidan keyin 37ta jang o‘tkazgan (31 g‘alaba, shundan 21tasida nokaut bilan, 2ta mag‘lubiyat va bitta durang).

U shu yilning 11 iyulida ringga chiqib, italiyalik Franchesko Pyanetni birinchi raunddayoq nokautga uchratgandi.

Chagayevning keyingi janggi shu yilning 17 oktabr kunida Germaniyaning Kile shahrida Okendoga qarshi revansh jangi sifatida o‘tadi.

Bundan oldinroq, u rossiyalik jurnalistlarga o‘zining O‘zbekiston fuqarosi ekanini eslatib, Rossiya pasportini olish niyatida emasligini ma'lum qilgandi.

Top