Joriy o‘quv yilining boshlanishi arafasida Samarqand viloyatida 32 umumta'lim maktabi ta'mirdan chiqarildi. Bu haqda “Pravda Vostoka” gazetasi yozmoqda.
Aytilishicha, yozgi ta'tildan so‘ng viloyat bo‘ylab 1 220 umumta'lim hamda 163 oliy va o‘rta maxsus ta'lim muassasasi ish boshlagan.
Jumladan, Bulung‘ur tumanida 4 maktab ta'mirdan chiqarilgan. Nurobod tumanining uzoq qishloqlarida 5ta yangi maktab binosi foydalanishga topshirilgan.