18:47 / 15.09.2015
5142

Saudiyalik odam yurtiga qaytayotganida aeroportda 12 shisha likyor bilan qo‘lga tushdi

Bahrayndan Saudiya Arabistoniga qaytayotgan fuqaro mamlakat bojxona xizmatlari tomonidan qo‘lga olindi. Aytilishicha, u chegaradan 12 shisha likyor yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan.

Mahalliy matbuotda xabar qilinishicha, erkak kiyimining ichiga shishalarni yashirib o‘tmoqchi bo‘lgan. Bojxona xizmati rahbari Zayfulloh al-Utaybiyning aytishicha, tekshiruv jarayonida uning yonidan 12 shisha ichkilik topilgan va buning natijasida erkak hibsga olingan.

Top