15:24 / 15.09.2015
4387

Sherobodda plastikda pullarni naqdlashtirib berish bilan shug‘ullanib kelgan Paynet yopib qo‘yildi

Sherobodda plastikda pullarni naqdlashtirib berish bilan shug‘ullanib kelgan Paynet shoxobchasi yopib qo‘yildi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

SVOJJDLQK departamenti tuman bo‘limi olib borgan reydda yakka tartibdagi tadbirkor I. Norto‘rayev 2013-2014 yillarda o‘zi tomonidan ochilgan shoxobchada plastik kartochkalardagi pullarni noqonuniy ravishda yechib, naqdlashtirib kelgani aniqlandi.

Shuningdek, u shu davr ichida 73 mln so‘m pulni nazorat kassasidan o‘tkazmagani aniqlandi.
Shoxobcha faoliyatiga chek qo‘yildi.

Top