Yevropa futbol assotsiatsiyalari kengashi (UYeFA) payshanba, 17 sentabr kuni Kosovo futbol federatsiyasini tashkilot tarkibiga qo‘shish masalasini ko‘rib chiqadi. Bu haqda UYeFA Bosh kotibi Janni Infantino ma'lum qildi.
Ijroqo‘m yig‘ilishi 17-18 sentabr kunlari Maltada bo‘lib o‘tadi. «Kosovo FF bergan arizani ko‘rib chiqish ham kun tartibidan o‘rin olgan», - deya xabar beradi Infantino.
Kosovo futbol federatsiyasi Fadil Vokrrining qayd etishicha, uning tashkiloti UYeFAga qo‘shilish uchun ajoyib imkoniyatga ega. «UYeFA Kosovo bilan bog‘liq muammoni hal qilishda bosh-qosh bo‘lishga xohish bildirdi», - deydi u.
Kosovo UYeFAning to‘liq a'zosi bo‘lishi esa an'anaviy tarzda o‘tkaziladigan UYeFA kongressida (2016 yilning mart oyida Budapeshtda bo‘lib o‘tadi) aniq bo‘ladi.