18:20 / 16.09.2015
2395

“Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy” gaz quvuri ekspluatatsiyasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning 13-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Ashxobodda “Turkmaniston-O‘zbekiston-Qozog‘iston-Xitoy” gaz quvuri ekspluatatsiyasi bo‘yicha muvofiqlashtiruvchi qo‘mitaning 13-yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Turkmaniston neft-gaz sanoati va mineral resurslar vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Aytilishicha, yig‘ilishda gaz quvuri trassasining bugungi holati haqida ma'lumot berildi. Hisobot Pekin muvofiqlashtiruvchi markazi, “Turkmangaz” davlat korxonasi, shuningdek, CNPC International kompaniyasi vakillari tomonidan berildi.

Yig‘ilishning ikkinchi kunida 2015 yilining to‘rtinchi choragi hamda 2016 yilda yo‘nalish orqali tabiiy gaz yetkazish grafigi muhokama qilindi.

Top