16:27 / 16.09.2015
5428

Aholi terminallar yo‘qligidan shikoyat qilmoqda

O‘zbekiston davlat soliq qo‘mitasi ishonch telefonlariga bo‘ladigan murojaatlarning asosiy qismi savdo nuqtalarida terminallarning ishlamayotgani yoki umuman yo‘qligi borasidagi shikoyatlarga bog‘liqdir. Bu haqda Telegraf.uz sayti yozmoqda.

Aytilishicha, 2015 yilning 1 sentabridan buyon bunday murojaatlar asosida amalga oshirilgan tekshiruvlar natijasida 1 140 holat aniqlanib, bu holatlar davomida 157 511 500 so‘m miqdorida pullar o‘zlashtirilgan. 778 marotaba tegishli hujjatlarga ega bo‘lmagan tovarlar sotilgan.

Top