23:10 / 16.09.2015
3897

Andijondagi sport maktabi hisobchisi o‘z plastik kartochkasiga 38 mln so‘m o‘tkazib oldi

Andijonda joylashgan sport maktabining sobiq hisobchisi M. Haydaraliyev muassasa byudjyet mablag‘idan 37.898 mln so‘m o‘z hisobiga o‘tkazib oldi. Bu haqda “Huquq” nashri yozmoqda.

Haydaraliyev 2013 yilgacha ushbu maktabda bosh hisobchi bo‘lib ishlab, qonuniy ishlari uchun sudga tortilgan, so‘ng ishdan bo‘shatilgan.

Shunga qaramay, u rafiqasini ushbu muassasada buxgalter sifatida ishga joylashtirib qo‘ygan, barcha hisobot ishlarini esa amalda o‘zi bajarib kelgan. Aynan mana shu jarayonda u byudjyet pullarini o‘zlashtirgan.

Sud tomonidan byudjyet pullarining qaytarilishiga erishildi.

Top