00:13 / 16.09.2015
3649

Facebook’da 2 dollarlik qog‘oz pul 20 ming so‘mga sotilmoqchi bo‘ldi

Feysbukning savdo guruhlaridan birida 2 dollarlik qog‘oz pul 20 ming so‘mga sotilishi haqida xabar paydo bo‘ldi.

Ushbu e'lonni bir qiz berdi. Uning aytishicha, 2 dollarlik qog‘oz pul bir qator afsonalar bilan bog‘langan. Bunday afsonalardan biriga ko‘ra, kimning kartmonida bunday qiymatdagi qog‘oz pul bo‘lsa, hech qachon pulsiz qolmaydi.

Ushbu pulga xaridor topildimi-yo‘qmi noma'lumligicha qoldi.

2 dollarlik qog‘oz pul muomalada kam miqdorda ishlatilgani sabab haqiqatda bir qator afsonalar bilan chulg‘angan. Ushbu qog‘oz pulning 1976 yilda chiqarilgan nusxalari Amerikaning 200 yilligi nishonlanishiga bag‘ishlab chiqarilgan va deyarli muomaladan yo‘qolib ketgan.

Top