19:55 / 16.09.2015
2194

Financial Times: AQSh Kiyevga moliyaviy ko‘mak ko‘rsatishi mumkin

AQSh Ukraina Oliy radasida mamlakatning 18 mlrd dollarlik tashqi qarzini restrukturizatsiya qilish bo‘yicha kelishuvning tasdiqlanishiga ovoz berish arafasida Ukrainaga moliyaviy ko‘makni oshirishga tayyor, deb xabar bermoqda Financial Times nashri. 

Avgustda bir necha oylik muzokaralardan keyin Ukraina tashqi qarzining restrukturizatsiyasi bo‘yicha kelishuv Oliy rada tomonidan 17 sentabrda tasdiqlanishi kerak. Bu kelishuv Ukrainada iqtisodiy inqiroz va sharqdagi qurolli mojaro tufayli yuzaga kelgan byudjyet defitsitini kamaytirishga qaratilgan 4 yilga mo‘ljallangan Ukrainaga 40 mlrd dollar yordam ko‘rsatish rejasining muhim elementi hisoblanadi.
“AQSh va boshqa manbalardan qo‘shimcha moliyalashtirishni taqdim qilish istiqboli mavjud”, deb ma'lum qildi nashr AQSh Moliya vazirligidagi yuqori lavozimli manbaga iqtibos keltirgan holda hamda Ukraina joriy vaziyatda bu ko‘makka ehtiyoj sezishini qo‘shimcha qildi.

Nashrning ta'kidlashicha, Ukraina hukumati mamlakat sharqidagi harbiy harakatlar sababli xalqaro hamjamiyatdan qo‘shimcha yordam olish va Xalqaro valyuta jamg‘armasi talab qilayotgan keskin iqtisodiy islohotlarning amalga oshirilishini bir necha oydan beri talab qilayotgan muholifat kuchlarining noroziligiga duch kelmoqda.

Top