17:19 / 16.09.2015
2098

Frankfurtdagi taqdimot vaqtida hushidan ketib yiqilgan Xarald Kryugerning ahvoli yaxshilandi

BMW avtokonserni Kengashi raisi Xarald Kryuger Frankfurte-na-Mayndagi avtosalonda yangi rusumdagi mashina taqdimoti vaqtida hushidan ketib qolgach, shifokorlar nazorati ostida o‘ziga keldi va hozirda o‘zini juda yaxshi his qilmoqda. Bild gazetasining yozishicha, tez orada u yana ishga qaytadi.

«Shifokorlarning aytishicha, menda qisqa muddatli qon aylanish tizimining buzilishi kuzatilgan. Hozirda o‘zimni juda yaxshi his qilmoqdaman», - deya Kryugerning so‘zlaridan iqtibos keltiradi gazeta.

BMW rahbari hozirda uyida shifokorlar nazorati ostida tiklanish jarayonini o‘tamoqda.

Kryuger taqdimot jarayonida hushini yo‘qotgandi. Unga dastlab birinchi yordam ko‘rsatilgan va keyinchalik qo‘riqchilar yordamida shifoxonaga yetkazilgandi.

Rahbar bilan belgilangan barcha uchrashuvlar mazkur voqea sabab bekor qilingan. Xarald Kryuger 2015 yildan boshlab BMW ijrochi direktori sifatida faoliyat ko‘rsatmoqda. U bu o‘ringa 2006 yildan buyon ishlab kelayotgan Norbert Raytxoferni almashtirdi.

Top