15:05 / 16.09.2015
3119

Kobul yaqinidagi qizlar maktabi oldida portlash sodir etildi

15 sentabr kuni Afg‘oniston poytaxti Kobul shahri atrofidagi Pag‘mon tumanida joylashgan, qizlar maktabi oldida portlash sodir etildi. Bu haqda "Xaama press" gazetasi xabar bergan.

Ma'lumotlarga ko‘ra, bu terakt tufayli halok bo‘lganlar bor, lekin terakt jabrlanuvchilari haqida aniq ma'lumotlar yo‘q.

Qayd etish joizki, Afg‘onistondagi qizlar maktablari jangarilar uchun asosiy nishonlardan biri hisoblanadi. Tolibonlar ayollarning ta'lim olishlari va teng huquqlik da'volariga keskin qarshilik ko‘rsatishadi.

Top